Qarzga uy olish

Assalomu  aleykum! Mening savolim uy olish masalasida edi. Kreditga uy olish ribo ekanini o‘qiganman, ammo  bundan  boshqacharoq variant bo‘lsa, ya’ni  aytaylik  hozirgi   bozor  bahosi  100  mln  so‘mlik  uyni  bir  tanishim  menga  125 mln ga  sotmoqchi. Men  pulini 5-10 yil oralig‘ida bo‘lib  to‘lamoqchiman. Bu  kredit emas, shunchaki narxi arzon  uyni  o‘z  xohishimga ko‘ra biroz  qimmatroqqa  sotib  olmoqchiman. Pulni  uzoq  muddat  bo‘lib-bo‘lib  to‘lashim  sababli(pul  qadrsizlanishini inobatga olib) biroz  qimmat  bo‘lsa ham rozi bo‘layapman. Ammo  kredit, pulni foiz bilan qaytarish degan gaplar yo‘q. Shunday holatda ham men gunoh ish qilayotgan hisoblanamanmi? Nojoiz savol bergan bo‘lsam uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar pulni tayinlangan kunida berishni kechiktirsangiz  pul qo‘shib berish bo‘lmasa, gunoh bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 12:48 | Савол-жавоблар | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar