Plastik karta va rozilik

Assalomu alaykum! Men bir insondan plastik kartasidagi 1 million so‘m pulni naqd qilib beraman deb olsam va uni 0% ga naqdlashtirsam ya’ni 1 million so‘m pulini naqd qilib bersam, u esa menga “xizmat haqqingga” deb bir qop shakar yoki 50 dona tapochka yoki radiodetallar va shunga o‘xshash tovarlarni o‘zi ko‘nglidan chiqarib rozi bo‘lib bersa buning hukmi qanday? Riboga kirmaydimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Riboga kiradi. Orqasidan foyda etaklab kelgan har bir qarz, ribodir. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/ibodat/moliya/qarz/645-arz-olish-yakhshimi-joki-jomon

26 May 2022, 12:28 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar