oylik
Assalsmu alaykum Hurmatli ustoz Alloh barchamizdan O‘zi rozi bo‘lsin :!: Amin. Ustoz Yqindan bizning ishxonamizda ishga kelgan odam soat nechida kelganini yozishi kerak ketishda ham soat nechida ketganini va shunga qarab oylik maoshi chiqariladi bir kunda 10 soat ishlashi kerak bir oyligi shu soatga ko‘paytirib ish soatini chiqaradi lekin buni rahbarlar ishchilarning roziligisiz qoidaga kiritilgan va bundan ko‘pchilik norozi chunki etishmagan soatini oylikdan olib qoladi agar bir ishchi bir oyda kuniga 1 soatdan kam ishlasa bir oyda 28 soat bo‘ladi bu degani 3 kun kemagansan degani vaholanki u har kuni kelgan va ularga foyda keltirgan bo‘lishi mumkin har holda tekin qul emasku faqat ba‘zi sabablarga ko‘ra kechro kelib ertaro ketgan har bir insonda o‘ziga yarasha majburiyatlar va muommolar bo‘ganidek hurmatli ustoz ular olib borayotgan siyosat to‘g‘rimi yo‘ki bu brovning haqqimi lekin adashmasam shu siyosatdan keyin ishligi sal tortilib qoldi Alloh bilguvchiroq Shayh Hazratlari ularning ishi to‘g‘rimi :?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ish shartnomasida, ishchi har kuni o‘n soat to‘liq ishlaydi, degan band bo‘lsa, ishchilar uni bilib turib imzo chekkan bo‘lsalar, rahbariyatning qilgan ish to‘g‘ri bo‘ladi.
4 May 2022, 11:19 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom