Ixtilofchilar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh qilayotgan ishlaringizga munosib ajr savob bersin. Ilmlarizga ilm qo‘shsin, barchamizga to‘g‘ri tushuncha, hidoyat sari boshlasin. Mazhabni tan olmaydigan ixtilofchilar haqida edi. Nega ularning aksariyat qavl va fatvolari hanafiy qavl va fatvolaridan boshqacha. Nima ular avval hanafiy fatvolarni ko‘rib, bilib, keyin ataylab boshqacha fatvo berishadimi? Nazarimda xuddi shunday. Vaholanki hanafiy qavl va fatvolar doim Qur’on va hadisga yaqinroq bo‘ladi. Sizlardan iltimos shu ixtilof chiqaruvchilar haqida kelgan oyat va hadislar keltirsangiz. Sizlarning qimmatli vaqtlarizi olganim uchun ming bor uzr, xatoliklar uchun uzr, javob uchun mingdan ming rahmat ustozlar….
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu juda katta mavzu bo‘lib, buni bu erda yoritish mumkin emas. Bu haqida batafsil va mukammal javob olish uchun Ustozimiz rahimahullohning “Ixtiloflar, sabablar, echimlar” nomli kitoblarini o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:58 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar