Yoshi katta nomaxram ayol
,Sizni vaktingizni olishdan xayo kilgan xolda bir Rossiyada istikomat kiluvchi Xoji akamizning savolini yullasam:Assalamu alaykum,Xazrat mening yoshim inshaALLOX 55 da,biz oila a’zolarim bilan(ayolim,ukalarim va uglim) bundan bir necha yil mukaddam bir muslima ayolnikida(tatar millatiga mansub)ijara turar edik,keyinchalik oila a’zolarimni uyga ketishi munosabati bilan va boshka sabablarga kura u ayol bilan yolgiz koldik,va u ayolga ikki boshka jinsdagilarning yolgiz kolishi mumkin emas deb shariat xukmini aytib nikox kilib olishni aytdim,aytib utish lozimki u ayolni yoshi 73 da ya’ni oramizdagi fark 18 yil,u ayol mening nikox masalasidagi taklifimga "kariganimda farzandlarim va odamlarning gap suzidan uyalaman" deb unamadi va men bu xonadondan chikib boshka ijarada yashayapman,lekin utgan vakt mobaynida insoniylik munosabatimiz yaxshi bulib kolganligi uchun xar zamonda mexmonga chakirib turadi,borsang yolgiz bulamiz,bormasang dili ogrib kolishi mumkin,ayol uzi ibodat-yu,shariatning uncha chukur tushunmaydi,lekin ALXAMDULILLAX u ayolga nisbatan shaxvoniy yoki shunga uxshash xolat yuk,shu xolatda biz uzlarini yordamiga muxtojmiz,kanday yul tutsak ikki tarafga xam yaxshi buladi?shariatdan chikmasdan u ayolni kunglini olamiz?ALLOX :jjdin ravnaki yulida kilayotgan xizmatlaringizdan UZI rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uchinchi odamni u yoki siz taklif qiling.
28 Aprel 2022, 14:05 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uchinchi odamni u yoki siz taklif qiling.
28 Aprel 2022, 14:05 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush