Ro‘zada yolg‘on gapirish

Assalomu alaykum! Ota-onam ro‘za tutishimga ruxsat berishmaydi. Ramazon boshlanishi bilan suzishga a’zo qilib qo‘yishdi. Men esa berkitib ro‘za tutyapman va suzishga har xil bahonalar bilan bormayapman. Bu yolg‘onga kiradimi? Ro‘zam hisobga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘za hisobga o‘tadi. لا طاعة لمخلوق في معصية الخالق (متفق عليه) Rosululloh sollallohu alayhi vasallam hadisi muboraklarida : “Allohga osiy bo‘ladigan o‘rinlarda maxluqqa itoat qilinmaydi” deganlar. (Muttavaqun alayh). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 137 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar