Kasb fiqhi

Assalomy alaykum! Men kurer bo‘lib ishlayman. Ishxonadan menga (bez limit) proezdnoy bergan. Shu proezdnoyni bazida tanishlarimga foydalanishga berib tursam bo‘ladimi? (ishxonaga xech kanday zarar etmaydi, va men ular foydalangani uchun pul olmayman).
Menga kunbay pul to‘laydi. Ammo ishim xar doim ham ertalabdan kechgacha bo‘lavermaydi. Shanba va yakshanba kunlari juda kam bo‘ladi. Bo‘sh paytimda biror tanishlarimnikiga yoki shaxar masjidiga borib kelsam bo‘ladimi?(bu paytda xam ishxonaga xech qanday zarar etmaydi, aytgan ishini aytgan vaqtida bajaraman).
Ishim doimiy ko‘chada bo‘lganligi va bu g‘ayridinlarning ochik sochiq kiyinganligi sababli ko‘z zinosiga ko‘p uchrayman (iloji boricha ko‘zimni olib qochaman). To boshka yaxshi ishga joylashgunimgacha shu ishda ishlab tursam bo‘ladimi? Safarda bo‘lganim uchun boshqa biror joydan so‘rashni iloji yo‘q. Aybga buyurmang. Tez tez savol berib qimmatli vaqtlaringizni olayotganim uchun. Uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Korxonaning belgilab bergan chizig‘iga rioya qilishingiz shart. Korxona rahbarining ruxsati bilan qilsangiz joiz. Qilib turgan ishingiz halol bo‘lsa, boshqa ishga o‘tishingiz shart emas. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 16:20 | Savol-javoblar | 183 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar