Ish vaqtida uxlash
Assalomu alaykum! Men tekstilda ishliman ish vaqtim xar kuni kechasi ishlaymiz 20:00 dan 08:00 gacha ishimiz qiyin pogruzkada ishlaymiz lekin ish ko‘p bo‘lsa tezroq xarakat qilsak 00:00 gacha ishimizni bitiramiz. Keyingi yuklar tayyor bo‘lguncha 3 yoki 4 soat vaqt ketadi. Shu vaqt ichida biz uxlaymiz, ertalab 5:00 da ishni boshlaymiz. Nochdagilarga uxlash mumkun emas, lekin ishimizni tezroq xarakat qilib bitirib qo‘yamiz va 3 yo 4 soat bo‘sh vaqtimiz bo‘ladi oxranalar ishilarni bitirgan bo‘lseylar uxlayveringlar, tayyor bo‘lsa uyg‘onib ishni bo‘shleyla deydi. Uxlashimizni boshliqlar bilsa oylikdan kesadi yo bo‘shatadi. Ishimizni bitirib bo‘lgach uxlab turib olayotgan oyligimiz xalol bo‘ladimi? Yana qo‘shimcha ish xaqqisiyam bor saxar 5:30 dan ertalabki 8:00 gacha qo‘shimcha xaq soatiga yoziladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar ishga kiryapganda shu shartlarga rozi bo‘lgan bo‘lsanglar, ularga amal qilishingiz kerak bo‘ladi. Boshliqlar bilan gaplashib, roziligini olinglar. Bulmasa topgan pullaringiz shubhali bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar