Olim kishining bid’atga targ‘ib qilishi

Assalamu alaykum, hurmatli Shayx hazratlari. Biz Mir Arab madrasasida o‘qiymiz. Yaqinda bir to‘yning guvohi bo‘ldik. Ma’lumki hozirga kelib bid’atlar avj olib ketdi. Afsuski o‘sha to‘y ham bundan xoli bo‘lmadi. Biz so‘ramoqchi bo‘lgan narsa: Kuyov kelinni mashinadan olib, ko‘tarib nomahramlar orasidan o‘tib, uyga olib kirishi… Bu holat balki so‘rashga arzimas, lekin bu holat ahli ilmlar orasida bo‘lishi va eng achinarlisi esa, o‘sha bid’atga targ‘ib qilayotgan (qilolmaysan! ha qil! deya) kishilar olim kishilar, ustozlar bo‘lsa. (Shu narsa bizni gapirishdan to‘sdi) Shunga o‘xshash holatlarda shariatimizda nima deyilgan?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday ishlar to‘g‘risida gap yo‘q. Ammo bo‘lib turgan ishga qarab xulosa chiqariladi. Shariatga xilof ish va gaplar bo‘lsa, joiz emas.

26 May 2022, 18:15 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar