Nikohda guvohlar soni haqida

Assalamu alaykum! Turmush qurganimizga 5 yil bo‘ldi. 1 ta farzandimiz bor. Nikohimiz o‘qilganda, ayolimning dugonasi, mening do‘stim  va domladan boshqa odam bo‘lmagan. Nikohni ilmli bir qori aka o‘qiganlar. Ammo bugun o‘qib qoldimki, nikoh farzlaridan biri 2 ta erkak kishi yoki 1 erkak va 2 ayol kishi guvohligi shart ekan. Buni o‘qib juda ham noqulay ahvolda qoldim. Bu holatda bizning nikohimiz nuqsonlimi? Biz qayta nikoh o‘qitishimiz kerakmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nikoh o‘qigan domla va sizning do‘stingiz ikkisi guvohlikka kifoya qiladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:38 | Savol-javoblar | 538 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar