Iogovachilardan ogohlantirish haqida bir iltimos!
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Biz musulmonlar jamoasi Rossiya davlatida yashab, ishlaymiz. O‘z-o‘zidan ichimizda ilmlilar va ilmdan anchagina yiroqlar ham bor. Va yana shunday jamoalar ham borki, ular ana shu ilmsizlarimizni bo‘ri tutgan qo‘yday tutishib, o‘lja qilib, o‘z maqsadlarini bajarmoqdalar. Holat hozircha unchalik xatarli emas, ammo chora ko‘rilmasa kuchayib ketish ehtimoli bor. Gap iegovachilar haqida bo‘lib, aynan o‘zbek millatiga mansublari ko‘chalarda yashirincha varaqalarini tarqatib, musulmonlarni yo‘ldan urishmoqda ekan. Iltimosimiz shuki, siz muhtaram ustozimizdan bir nasihat tarzida video yoki audio bo‘lsa edi, mana shu nasihatni musulmonlar eshitib, ko‘rib, biron ozuqa olishsa, haligi buzg‘unchilarning tuzog‘iga tushmay qolishiga sabab bo‘larmidi degan umiddamiz. Oldindan rahmat aytib, Tver shahridan muxlislaringiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Biz o‘zimizdagilar bilan ovora edik. Endi siz aytganlarga ham harakat qilamiz. Alloh taolo madadkor bo‘lsin.
26 May 2022, 19:17 | Savol-javoblar | 148 | Ayollarga oid masalalar