Zikr ahlidan so‘rang – Fikr
Assalomu alaykum, Hazrat. Savol javoblar xizmati yo‘lga qo‘yilib mana qancha yurtdoshlarning ko‘plab bilmagan masalalariga echim topilmoqda. Buning uchun sizga va bu ishga xizmat qilayotganlarga minnatdorchilik bildiraman. Shu o‘rinda ba’zi fikrlarni bildirmoqchi edim. 1. Savollarga javob berilmagan holatda oldindan belgilangan sabablar ro‘yxati tuzilsa. Kimningdir savoliga javob berilmaganda adminlar operativ shu ro‘yxatdan sababini tanlasa. Misol "Bu bu bandga ko‘ra savolingizga javob berilmadi". Chunki ko‘pchilik savollarimga javob ololmadim deb bu ishdan to‘xtashmoqda. Ko‘pchilik pochtasini ochib tekshirishni bilmaydi. Shuning uchun javobsiz savollar boshqalarga ko‘rinmayligan qilib saqlanib qolsa. 2.Savollar berilganda savol beruvchi haqida xos qisqa ma’lumot ketsa (hamma uchun taalluqli emas). Chunki u endi islomni tanigan ilmsiz kishi bo‘lishi mumkin (bu juda nozik) yoki u kishiga oid o‘ziga xos ma’lumot bo‘lishi va bu savolning mohiyatini ochishga yordam berishi mumkin. Qilayotgan xayrli ishlaringizda O‘zi madad bersin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tashakkur.
26 May 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tashakkur.
26 May 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar