Bayram va to‘ylarda silai rahm
Assalomu alaykum! Ustozlar, men bir qiyin masalaga duch kelish kunlarida turibman. Ota-ona, qaynota-qaynona, aka-uka bo‘lgan yaqin kishilar qanaqadir bayram, to‘y va hokazolar o‘tkazishsa u erda o‘sha iflos bo‘lgan aroqni qo‘yishsa (har qanday shariat misolini tushuntirganda tushinmasdan) qanday yo‘l tutish kerak? Bormasangiz silai rahm borsangiz ifloschilik?! Qiladigan amallaringiz uchun ajrini mukammal qilib bersin. Amiyn!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Musulmon kishi har qanday holatda ham Islomni mahkam tutishi shart. Yon atrofdagi do‘st, qarindosh urug‘larga ham dini taqozo qilgan narsalarni e’zozlashini va u o‘zi uchun qadrli ekanligini bildirib turish kerak. Silai rahmni to‘ydan boshqa vaqtlarda o‘z o‘rniga qo‘yib, bu to‘ylarda “Bu mening dinimga to‘g‘ri kelmaydi” deb ochiq-oydin aytish kerak. Ular siz nimadan saqlanishga harakat qilayotganingizni tushunishlari kerak. Agar bilib turib ham qadrlamasa, ularga o‘zlariga munosib muomala qilib qo‘yaverasiz. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush