ShOM NAMOZINING OXIRGI VAK,TI
ShAYX X,AZRATLARI. ALLOX, SIZGA BARAKALI UMR VA YaXShI OK,IBAT BERSIN. BA’ZILAR NAMOZ VAK,TIGA X,ADDAN TAShK,ARI K,ATTIK, TURIShADI. XUSUSAN ShOM NAMOZINI 10-15 DAK,IK,A BILAN ChEGARALAShADI VA ShUNChA VAK,T UTIShI BILAN BIROR SAAB BILAN AVVALGI VAK,TI UTGAN ShOM NAMOZINI UMUMAN UK,IShMAYDI BALKI XUFTONDAN KEYIN K,AZO K,ILIB K,ILIB UK,IShADI. UMUMAN ShOM NAMOZINI UZRLI X,OLATDA KEChIKTIRIB K,UYGAN KIShI TAXMINAN K,ANChA VAK,T DAVOMIDA ADO SIFATIDA UK,IB OLSA BULADI?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu barcha fiqh kitoblarida aytilgan. Nimaga o‘sha kitoblarni o‘qimay hadeb, qayta-qayta so‘rayverasizlar?!Shomning vaqti quyosh botgandan to shafaq g‘oyib bo‘lguncha. U qizg‘ishlikdir va bunga fatvo berilgandir. Imom Muslim Ibn Umar roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Modomiki, shafaq g‘oyib bo‘lmasa, Shomning vaqti bor», deganlar.Jabroil alayhissalom Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga namozning vaqtlarini ko‘rsatganligi haqidagi hadisda «So‘ngra Shomni quyosh botib, ro‘zador iftor qiladigan paytda o‘qidi. So‘ngra Xuftonni shafaq g‘oyib bo‘lganda o‘qidi», deyilgan. Demak, Shom namozining vaqti ushbu ikki vaqt orasida bo‘ladi.Yana ham qo‘pol qilib aytiladigan bo‘lsa, bizda quyosh botgandan keyin ellik daqiqa o‘tguncha shomning vaqti turadi. Bundan o‘n besh minutdan keyin uni o‘qimay qo‘yganlar katta gunohga o‘zini urgan bo‘ladilar.
29 Aprel 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 167 | Namoz