Islomda ayol

Men o‘zim chet elda o‘qiyman. Bir kuni Muallimam bilan ayol va erkakning oiladagi o‘rni haqida bahslashib qoldim. U (ustozim ham muslima) aytadigi ayol va erkak o‘rni oilada teng, Ayol erkak bilan bir darajada ilm olishi va ishlashi mumkin bo‘lgan holda erkak kishi oilada hech bir darajada ayoldan ustun emas. Oilada ham er bosh emas. Er ham ayol ham baravar teng. Mening savolim: Ayol va Erkakning o‘rni haqida? O’z turmush darajamizdan kelib chiqanda ayollar ham erkaklardek ilm olishi va ishlashi mumkin ekanligimizni bilamiz. Ammo erkak kishi oilada bosh ekanligi ham kaminaga ayon. Ustozim esa bu narsa Qur’onda kelmagan va hadislarda ham bu narsa yo‘q ekanligini va bo‘lgan taqdirda ham u faqat Qur’onga ishonishi aytdi Kamina Qur’on va hadislardan buning uchun asoslar qidirdim. Ammo keraklik natija topolmadim. Menga shu masalada yordamingiz juda ham zarur. P. S. Bizga o‘xshagan musofir yurtlarda ilm istab yurgan yoshlarni duo qilsangiz, iltimos
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Baxtiyor oila kitobini o‘qing. Uni elektron nusxasini olishingiz mumkin. Hamma kitoblarimizni elektron nusxalarini qo‘yganmiz.

26 May 2022, 23:45 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar