Hazratga 3 savol
Assalomu alaykum WRWB!!!Muhtaram ustoz ruxsatingiz bilan bir birodarimizning savollarini e‘tiboringizga havola qilsam.1-savol: Tish qoplamasi haqidaBir birodar 3 oylardan beri o‘qiydi. U 3-4 yil oldin tish qoplamasi qo‘ydirgan va qoplatayotgan paytda tahoratsiz bo‘lgan. Endi bu birodarning tahorati masalasi qanday bo‘ladi?2-savol: Savdo haqidaSotuvchi o‘z sigirini haridorga: "Bu sigir bo‘g‘oz, ma‘lum muddatdan keyin tug‘adi."- deb aytgan. Xaridor esa uni gaplariga ishonmagan. Shunda sotuvchi: "Agar tug‘masa men boshqa buzoqcha sotib olib beraman"- degan. Savdo bo‘lib, haridor olgan. Lekin sigir tug‘magan. O‘sha sotuvchi endi haridorga buzoqcha olib berishi kerakmi? 3-savol: Qazo namozi haqidaMuhtaram ustoz bu savolni sizga ming hijolat bilan yozyapman. Kimdir sizning "To‘rt rakaatlik farz namozlari qazosida 3- va 4-rakaatlarga zam sura qo‘shiladi" degan gapingizni eshitganman debdi. Shuni aniqlashtirish maqsadida o‘zingizdan so‘rab berishimni iltimos qilishgandi.Hazrat Alloh yuzingizni ikki dunyoda yorug‘ qilsin. Amiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. - Sun’iy tish qo‘yishdan oldin toharat qilib olish maslahat tariyqasida aytilgan gap. Bilmasdan qo‘ydirib olganlar uzrli hisoblanadilar. Bu masalani a’zo singandan taxtakach qo‘yishga qiyos qilganlar ham bor. Ya’ni, zarurat yuzasidan singan yoki yarador a’zoni bog‘laganda toharati bo‘lmasa ham, keyin ustidan mash tortilaverishi bor. 3. Bu masalada eski fatvo kitoblarida, agar qaysi namozning qazosi ekanining ta’yini bo‘lmasa, degan shart ila aytilgan.4. Bu ish shariat ta’limotlarida ko‘rsatilmagan.
27 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 151 | Boshqa ibodatlar