Egasi topilmagan pul

Assalomu alaykum! Plastikka 1 hafta oldin 18 milion 450 ming so‘m pul tushib qoldi kimligi aniq emas hech kim tel qilmadi hattoki bankdan ham telfon kelmadi bu pulni ishlatishni ham ishlatmaslikni ham bilmayapaman yoki o‘shani xisobidan ehson qilib yuborsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bankga murojaat qiling, topib beradi. Shunda ham topilmasa, Summasini aytmasdan e’lon berib bo‘lsa ham egasini topilishini kuting. Nomidan ehson qilib yuborishga shoshilmang.Qoida: Tez chiriydigan va aynidigan narsalarni egasini kutmasdan faqir miskinga sadaqa qilib yuboriladi. Egasi topilgach pulini beradi. Tez chirimaydigan buyumlarni bir yilgacha e’lon qilish kerak. O‘zi foydalanishi joiz emas. Yuzga yuz harakat qilib qidirsa shunda ham topilmasa savob umid qilmasdan egasining nomidan faqir-miskinlarga sadaqa qilinadi, mabodo egasi topilsa pulini beradi. Topilmasa, u Alloh taoloning huzurida omonat bo‘ladi va qiyomat kuni egasi so‘raganida beriladi. Vallohu a’lam!

30 May 2022, 15:25 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar