Nizo uchun echim

Assalomu alaykum! Agar meni musulmon do‘stim yoki musulmon akam-ukam biror musulmon bilan xusumatlashib qolganini menga kelib aytsa, masalan: Falonchi bilan oramizda nizo chiqdi (masalan: pul oldi-berdisida kelishmovchilik sodir bo‘lgan bo‘lsa yoki do‘stimni qiz yoki o‘g‘il farzandi o‘sha oila farzandi bilan turmushi buzilib, ajrashgan bo‘lishsa yoki ustoz-shogirt tushib, ustozidan yuz o‘girgan bo‘lsa). Va o‘sha do‘stim meni oldimga kelib menga e’lon qilsa-ki: Men falonchi bilan tortishib qoldim. U meni xusumatchim. Bundan buyog‘iga xusumatchim bilan seni tijoriy aloqa qilishing, to‘y-xashamiga borishing, meni ranjitadi, desa. Va shu munosabat bilan sen xam meni xusumatchim bilan savdo qilish aloqasini uzgin deb talab qilib kelsa. Bunday payitda men musulmon do‘st sifatida yoki musulmon aka-uka sifatida o‘sha xusumatlashilgan odam bilan savdo aloqalarimni uzushim yoki davom ettirishimni xukmi qanday? Xolat shuki: ikki taraf xam musulmon, ikki taraf xam o‘zini xaq deb bilayapti. Kim zolim yoki kim mazlum ekanini aniqlashtirishni xam ilojisi topilmagan bo‘lsa. Ularni yarashtirishni imkoni xam bo‘lmadi. Shu payitda meni xolatim qanday bo‘lishi kerak? Qaysi tarafga o‘tishim kerak? Birinchi musulmon tarafiga o‘tib uni talabini qondirishim kerakmi yoki ikkinchi musulmonni tarafiga o‘tib, u bilan savdo aloqalarini davom ettiraverishim kerakmi? Agar bir taraf meni yaqin qarimdoshim bo‘lsa-chi? Yoki xar ikki taraf xam qarimdoshim bo‘lsa-chi? Yoki bir taraf xam men uchun birodar musulmonlarim bo‘lsachi? Men bunday xolatda: 1) Bu talabni bajarishga majburmanmi, ya’niy men uchun bu talabni bajarishim Farzmi? Sunnatmi? Muboxmi? 2) Yoki bunday buyruqni bajarishim Makruxmi? Xarommi? 3) Yoki bajarish-bajarmasligim Muboxmi? ya’niy ixtiyoriymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘min boshqa bir mo‘min bilan aloqalarni uzib dushmanchilik qilish, gina saqlash, boshqalarni unga qarshi qayrash halol emas. Siz uning talabi bajarsangiz gunohkor bo‘lasiz. عَنْ أَبِي أَيُّوبَ الْأَنْصَارِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يَحِلُّ لِرَجُلٍ أَنْ يَهْجُرَ أَخَاهُ فَوْقَ ثَلَاثِ لَيَالٍ، يَلْتَقِيَانِ فَيُعْرِضُ هَذَا وَيُعْرِضُ هَذَا، وَخَيْرُهُمَا الَّذِي يَبْدَأُ بِالسَّلَامِ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُAbu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«
(Musulmon) kishiga o‘z birodaridan uch kechadan ortiq arazlash halol emas. Uchrashib qolsalar, bu ham yuz o‘girib ketadi, u ham yuz o‘girib ketadi. Ikkovining yaxshirog‘i salomni boshlaganidir», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Islomda birov bilan so‘kishish, urishish, janjal qilish gunoh hisoblanadi. Bandachilik qilib, urishib, janjallashib, gunohkor bo‘lib yurganlarning bir-birlariga nisbatan adovat saqlab, arazlashib yurishlari gunoh ustiga gunohdir. Jahldan tushib, o‘zlariga kelishlari uchun urishgan taraflarga uch kun muhlat berilgan. O‘sha muhlatdan keyin ham arazlashib, bir-birini ko‘rganda yuz o‘girib ketish haromdir. O‘rtada yuzaga kelgan noqulay holatdan chiqishni o‘z bo‘yniga olib, qarshi tomonga birinchi salom bergan odam yaxshi odam bo‘ladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

7 Iyun 2022, 15:17 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar