Qizla bilan gaplashish

Assalomu alaykum! Man bir qiz bilan tanishdim ozgina vaqt gaplashdim. Keyinchalik u menga aytdi sizga mos emasman deb. Man tushunme qoldim chunki yaqin kunlarda uydegilarimni jo‘natmoqsi edim va u menga aytdiku meni 14 yoshligimdan qizligimi bir bola olib qo‘ygan va men aldangan deb aytdi keyin u shu bilan birga 5ta inson bilan jinsiy aloqa qilganini aytdi. Man hayron qoldim, uni aytishicha bu sirini aytaman deb qo‘rqitib jinsiy aloqa qilishga majburlashgan. Hozirgi vaziyatda nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu hadisni o‘qib xulosa chiqaring. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: إِنَّ امْرَأَتِي لَا تَمْنَعُ يَدَ لَامِسٍ، قَالَ: غَرِّبْهَا، قَالَ: أَخَافُ أَنْ تَتْبَعَهَا نَفْسِي، قَالَ: فَاسْتَمْتِعْ بِهَا. رَوَاهُ أَبُودَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّIbn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Ayolim qo‘l uzatuvchining qo‘lini man qilmaydi», dedi.

«Uni o‘zingdan uzoqlashtir», dedilar.
«Nafsim unga ergashishidan xavf qilaman», dedi.
«Undan foydalanaver», dedilar u zot».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisdagi «Ayolim qo‘l uzatuvchining qo‘lini man qilmaydi», degan jumla «Erkaklardan o‘zini olib qochmaydi» yoki «Mol-mulkni haddan tashqari isrof qiladi», deb, ikki xil ta’vil qilingan.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam unday xotinni taloq qilib yuborishni maslahat berganlar. Lekin er xotinini taloq qilsa, undan ko‘ngil uza olmay, o‘zi qiynalishini bayon qilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Unday bo‘lsa, undan foydalanib yuraver», deganlar.
Bundan «qo‘lni man qilmaslik» mol-mulkni isrof qilish ma’nosida aytilganligi kelib chiqadi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam erkak kishining qo‘lini qaytarmaydigan ayol bilan birga yashayverishni maslahat berishlari mumkin emas. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

7 Iyun 2022, 20:42 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar