Ko‘z zinosi
Assalomu alaykum! Xozirda Polsha davlatidaman, bu joylar zino va faxshga to‘lgan, xozirgi axvolimda ko‘z zinosidan tiyilish deyaarli imkonsizdek tuyilib ketyapdi. Yoshim 19 da uylanmaganman, bazida shu axvolimdan xafa bo‘lib ketaman, aytinchi shu joylarga kelishim men uchun jazomi yokida Allohni menga bergan sinovimi? Jazo deganimni sababi oldin bu erga kelishni rosa orzu qilganman, bu erda zino xavfi juda kuchli, baziga ko‘z zinosini kilsam kalbimda xotirjamlik ketadi, umuman xech narsadan umidsizdek bo‘lib qolaman, keyin tavba qilib istig‘for aytib, Qur’on o‘qib nasux tavbani niyat qilaman. Shunday xam bo‘ladi o‘zim tavba qildim, tavbam qabul bo‘lgandek xis qilaman. Afsuski ko‘chadagi axvolda yana gunox qilib qo‘yyapman, qalbim maxzun bo‘lib qolyapti. Shunda o‘ylayman tavba qildim, lekin yana ko‘z zinosini qildim, demak o‘sha gunoxni qildim, shunda oldingi gunoxlarim xam qo‘shilib xisoblanadimi? Shunday xolatimda nima qilishim kerak? Saxobalar davrida xam shunday bo‘lganmi yani ko‘z zinosi shunchalik darajaga chiqqanmi? Bu erda ayollar deyarli kiyimsiz. Mashina xaydayman yo‘lga qaramasam iloji yo‘q, baribir ko‘zim tushib qolyapti, xayol chalg‘iyapti. Xullas axvolimni tushindiniz deb o‘ylayman. 2-Usmon ibn Affon roziyallohu anhu, Ali roziyallohu anhular o‘rtasida kechgan fitnali jangni yoritib bergan qaysi kitobni o‘qishni maslaxat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu ahvolda yurishingiz xatodir. Darhol uylanishning chorasini qiling. Unga qadar ro‘zani lozim tuting. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: يَا مَعْشَرَ الشَّبَابِ، مَنِ اسْتَطَاعَ مِنْكُمُ الْبَاءَةَ فَلْيَتَزَوَّجْ، فَإِنَّهُ أَغَضُّ لِلْبَصَرِ وَأَحْصَنُ لِلْفَرْجِ، وَمَنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَعَلَيْهِ بِالصَّوْمِ، فَإِنَّهُ لَهُ وِجَاءٌ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:
«Ey yoshlar jamoasi, sizdan kim nikohga qodir bo‘lsa, uylansin. Albatta, u ko‘zni to‘suvchi va farjni saqlovchidir. Kim qodir bo‘lmasa, ro‘zani lozim tutsin, bu uning uchun bichilishdir», deganlarini eshitdim».
Beshovlari rivoyat qilganlar.2). Sahobalar o‘rtasida bo‘lgan shu kabi hodisalar tafsilotiga kirishmang, ularning o‘sha voqealarda tutgan yo‘llari o‘z ijtihodlariga ko‘ra bo‘lganligini e’tirof qilish bilan kifoyalaning. Umar ibn Abdulaziz aytganlar: “U fitnalardan Alloh taolo bizning qilichlarimizni saqlagan. Endi tillarimizni ham saqlaylik.” Vallohu a’lam!
20 Iyul 2022, 21:04 | Savol-javoblar | 222 | Dolzarb savollar