Yashirib taom eyish
Assalomu alaykum! Men 6 yarim oylik xomiladorman qornim tez tez ochqeydi. Ayrim sabablarga ko‘ra turmush o‘rtog‘im uzokdalar. Xozir qaynonamning onasi bilan yashayapman 77 yoshlar. Uyda eyish uchun mayda chuyda nonmi nima bo‘lsa o‘lchab beradilar, xamma narsani yashirib qo‘yadilar, birga eymiz buvijon deb stol ustiga qo‘yib qo‘ysam ozgina vaqtdan keyin kelsam yo‘q bo‘lib qoladi xatto nonni xam xamma narsani o‘zlari o‘lchab beradila 4 da ovqatlanamiz kechgacha qornim judayam ochqab qolyapti shuning uchun o‘z xonamga ularga bildirmagan xolda narsalar olib berishti. Ya’ni yashirib narsa eyapman. Tarbiya xomiladorlikdan deyishadi, lekin boshqa ilojim yo‘q. Shu ishim to‘g‘rimi, farzandim tarbiyasiga tasir qilmaydimi? O‘zim juda xijolat bo‘lyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizga tegishli narsa bo‘lsa, eyavering. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 09:33 | Savol-javoblar | 127 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizga tegishli narsa bo‘lsa, eyavering. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 09:33 | Savol-javoblar | 127 | Oila va turmush