Namoz oldini majbur kesish
Assalomu alaykum! Beshta qiz bir xonada yashaymiz va juda tiqilinch. Eshik qibla tomonda. Men oldimdan odam o‘tmasligi va boshqalarga xalal qilmaslik uchun devorga yaqin joyda, bir qizning oyog‘i uchida o‘qiyman va boshqalar o‘tib qaytishi uchun orqamda joy qoldiraman. Ammo bitta qiz eng orqada yotadi va o‘sha erda namozini o‘qiydi. Bir marta bilmasdan o‘tib ketdim chunki xona o‘rtasiga kelmagunimcha ko‘rmagandim, boshqa payt esa kutib turaman. Ammo qizlar bundan norozi. O‘zi atay qilyapti, namozdan so‘ng Qur’on ham o‘qib o‘tiradi deb, chunki ko‘p vaqt ketadi. Shunga men u qizga devor tarafda o‘qing iltimos desam ham unamayapti, o‘taveringlar buzilmaydi dedi, men esa buni bilaman bizga gunoh bo‘lyapti desam, jahl qilib sumkasini sutra qilish uchun otdi. Nima maslahat berasizlar, boshqa paytku kutib turaveramiz ertalab o‘qishga kechikamizda. O‘zi ruxsat berdi deb o‘taveraylikmi, doim kutib turaylikmi yoki qattiqroq gapirsak bo‘ladimi? Bu bo‘yicha bir qancha ma’lumotlar o‘qidim va quyidagi hadisni o‘qigach men o‘ylagandan ham jiddiy ekanini angladim: Abu Juhaym roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Agar namoz o‘quvchining oldidan o‘tuvchi o‘ziga qanchalik gunoh bo‘lishini bilganida, albatta, uning oldidan o‘tishdan ko‘ra qirq…gacha to‘xtab turmog‘i o‘zi uchun yaxshi bo‘lar edi», dedilar. Abu Nazr: «Qirq kun, dedimi yoki oy, yoxud yil, dedimi bilmay qoldim», dedi».
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oralaringizdagi munosabatni buzmasdan sutra qo‘yib masalani hal qilinglar. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 09:37 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oralaringizdagi munosabatni buzmasdan sutra qo‘yib masalani hal qilinglar. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 09:37 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar