Xijobga kirmoqchiman
Assalomu alaykum! Men xijobga kirmoqchiman. Lekin bitta savol meni qiynayapti. Lekin dugonalarim, sinfdoshlarim, qarindoshlarim telefonlarida meni suratim bo‘lsa va men xijobga kirganimdan so‘ng uni bironta nomaxram ko‘rsa gunoxmi? Vinetkalardagi suratim bo‘lsa xam gunoxmi yoki xech nima bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tezda Alloh tarafidan yuborilgan bu tavfiqni izzat ikrom qilib, hurmatini joyiga qo‘yib unga amal qiling. Chunki har bir yaxshilik qilishga bo‘lgan fikr xayol Alloh tarafidan mehmondir. Uni qanchalik hurmatini qilib izzat-ikrom qilsangiz shunchalik Allohning nazdida qadringiz oshib boraveradi. Qolgan narsalarga parvo qilmang. U yog‘ini ham Alloh O‘zi to‘g‘rilab qo‘yadi. Sodiq bo‘lsangiz o‘sha suratingiz bor insonlarning qalbiga ham o‘chirib yuborishni solib qo‘yadi. Bu fikrga kelishingiz Alloh sizga jannatni berishinin xohlashi alomatidir. Bundan yuz o‘girmang. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 11:51 | Savol-javoblar | 133 | Islam