Davolanuvchi insonning ro‘zasi

Assalomu alaykum! Do‘stim xozirda jigar bo‘yicha davolanish kursini olib bormoqda. Unga shifokor 4 xil dorini ichishni buyurgan. InshaAlloh ro‘za boshlaganda unda 2 xil dorilarini qabul qilish muddati tugaydi. Qolgan 2 xil dorilarni esa og‘iz yopishdan oldin va og‘iz ochishdan keyin qabul qilsa bo‘ladi. Lekin Shifokori bilan ro‘za tutish xaqida gaplashganda u unga ro‘za tutmasligini tavsiya qilibti. Shifokorga uning qabuligi borib o‘zini yana tekshirtirib agarda xammasi joyida bo‘lsa ro‘za tutishi mumkunmi deb savol bergan ekan. Shifokor men bemor xayotini xavf ostida qoldira olmayman deb javob beribdi. Do‘stim ro‘za tutsinmi yoki keyin qazosini tutib beradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar ro‘za tutish sog‘lig‘iga jiddiy zarar etkazadigan bo‘lsa keyin qazosini tutib beradi. Bu borada iymonli, taqvoli shifokor bilan maslahat qilsin. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:02 | Savol-javoblar | 167 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar