Valyuta oldi sottisi

Assalomu alaykum! Men valyutalar savdosi bo‘yicha savol bermoqchi edim shu bo‘yicha javoblani o‘qidim lkn xarom deyilganini sababini tushunmadim(gap treyderlik to‘risida ketyabdi). 1). To‘g‘ri kripta valyuta savdosida aniq bir egasi yoq deb xaromligi xaqida o‘qidim.lkn valyuta ayrboshlash bunda men savdo qilib sotvolyotgan narx misol uchun (dollar uzb so‘mi) manashuni men 11000dan osam shu narx banklarda xam shunay bo‘ladi buni ko‘tarilishi yoki tushishi davlat axvolidan xamda manashu menga o‘xshaganday valyuta savdosida ishlaydiganlar o‘zgatiradi. Shunday bo‘lsada lekin nimaga baribir xarom deyilyabdi 2). Axir aktsiya savdosini xalol dedizlaku bunda xam aktsyaday davlat o‘z nazoratida bo‘ladiku. 3). Yana man shu ish bilan ishlaydigan odami xaloligini isbotlaganini ko‘rdim uni gaplari barchasi xalol degan gapga olib kelyabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimiz qoidalariga ko‘ra valyutalarni o‘zaro ayirboshlashda ularning qo‘lma-qo‘l bo‘lishi, ya’ni naqd savdo qilinishi va darhol oldi-berdi amaliyoti bajarilishi shartdir. Aks holda bu ribo hisoblanadi. Misol uchun dollarni so‘mga sotsangiz va u hisob raqamingizdan chiqib ketsayu lekin darhol uning evaziga so‘m sizning hisobingizga kelib tushmasa bu muomala ribaviy hisoblanib, joiz bo‘lmaydi. Qolaversa, ayrim holatlarda o‘zida yo‘q valyutaning “savdo”si bilan ham shug‘ullanish holatlari uchraydi. Bunda aslida savdo emas, balki ikki valyutaning kelajakdagi tahminiy nisbatiga pul tikayotgan bo‘ladi va bu ayni qimordir. Vallohu a’lam!

5 Avgust 2022, 17:33 | Savol-javoblar | 177 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar