Aroq ichadigan joydan ketish kerakmi?

Assalomu alaykum! Men ishlaydigan joyda pul yaxshi to‘laydi lekin xonamizda deyarli sheriklarimiz har kuni aroq ichadi. Shu uchun boshqa erga ketmoqchiman lekin ketmoqchi bank joyim kamroq to‘ladi. Nima qilsam bo‘ladi? Ichkilik bo‘lsa ham qolib ishlaymi yoki boshqa erga ketaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning vazifangiz xonadoshlaringizni xamr ichishning harom ekani, uni ichganlarga og‘ir va’idlar borligi, Allohning la’natiga qolishini aytib ogohlantirishingiz va bundan qaytarishingizdir. Agar ular bu nasihatlarga ijobat qilishmasa unday kimsalar bilan bir xonada yashamang. Vallohu a’lam!

23 Avgust 2022, 18:14 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar