Sut berish

Assalomu alaykum! Kelin bo‘lib 1-farzandimni dunyoga keltirganimda 5-6 oylik paytida qaynotam og‘ir kasal bo‘lib qoldila jigardan ancha davolandila bo‘lmadi. Birkuni qaynonam eshitibtila emizikli xotinni sutidan ichsa tuzalib ketarkan deb. Menga aytganlarida yosh bo‘lganmanmi xop dep piyolaga ozroq sog‘ib berganman. 3-4 marta qaynotam ichtila, joylari jannatdan bo‘lsin, baribir dunyodan o‘ttila. Kasallik jigarni qoplab bo‘lgan ekan 5 yildan keyin 2-farzandimni tug‘dim har zamonda ko‘nglimga keladi gunoh qilmadimikan deb. Agarda gunohga botgan bo‘lsam endi nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaynotangiz halol bo‘lmagan narsani ichgan bo‘lgan.ولم يبح الإرضاع بعد مدته  لأنه جزء آدمي والانتفاع به لغير ضرورة حرام على الصحيح  شرح الوهبانيةMuddatdan keyin emizish muboh emas.
Chunki u odam juz’idir. Undan zaruratsiz foydalanish sahih qavlga ko‘ra haromdir («Durrul muxtor», «Sharhi Vahboniya»).
Sut onaning (qo‘l yoki quloq kabi) bir a’zosi hisoblanadi. Shariat zarurat yuzasidan bolaga bir rivoyatda ikki yilu olti oy (bu Abu Hanifa rahimahullohning so‘zi), boshqa bir rivoyatda  esa ikki yil mobaynida onasining sutini emishiga ijozat bergan (shunga fatvo berilgan). U yoshdan o‘tganidan keyin bola onasining sutini emishi joiz emas, balki harom sanaladi. Vallohu a’lam!

6 Sentabr 2022, 14:03 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar