Tabib haqida

Assalomu alaykum! Xolamni uchta kelini bor bittasi meni singlim bo‘ladi ya’ni, xolamni o‘g‘li bilan turmush qurgan turmushlar xudoga shukur yaxshi lekin, uchtasiyam mana 7-8 yil bo‘ldiki xali farzand ko‘rishmadi. Doktorlar sog‘lom, farzandli bo‘lishadi deyapti ammo, natija bo‘lmayapti, xolamni qizi bir mulla tabib topipdi. U tabib nomahram bo‘sayam qo‘lini tomirini ushlab ko‘rib gapirarkan 1-marta borishganida singlimga sen 1,5 oydan keyin xomlali bo‘lasan degan ekan 2-marta borishanda uchala keliniga qog‘ozga duo yozib beribdi. Uni suvga solib yuvinishlarini va ichimlik suviga solib ichishlarini aytibdi. Keyin o‘sha qog‘ozni menga qaytarib olib kelasizlar men unga dam solib tugib beraman belinggizga bog‘lab yurasizlar debdi. Axir bu folbinlikmasmikan deb o‘ylab singlimga aytganlarini qilma ishonma dedim. Boshqa bunaqa joylarga ham borma dedim. Aytingchi men to‘g‘ri qildimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilibsiz. Qaytib bormasin. Vallohu a’lam!

16 Sentabr 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar