Tabibga olib borsam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Men xorazmdanman. Bizda yosh bolalarni boshi erga tushsa tegsa tabibga (tovipga) olib borish borishadi. U tabib bolakaylarni boshini ro‘mol bilan bog‘lab bir nimalarni o‘qiydi. Bir qog‘ozga bir nimalarni yozib beradi. Keyin uyingizga borib uyingizni isiriq bilan aylantiring va yozib bergan qog‘ozimni isiriqni ichiga tashab xonangizni aylantiring deb yuboradi. Shu to‘g‘rimi nima deysiz? Bizda bu narsa an anaga aylangan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu bid’atdir. Bunday ishlarni qilmang. Bolani boshi lat esa shifokorga borish kerak. Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2023, 22:07 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar