Aqiyda, amal va niyat
Assalomu alaykum! Inson jannatga kirish uchun yaxshi amallar qiladi va bu amallar nima uchun qilinish kerak ya’ni jannatda rohat olish uchunmi, Allohdan qo‘rqani uchunmi, Allohga muhabbati uchunmi yoki Allohning a’zobidan qo‘rqani uchunmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Insonning amaldan maqsadi ixlosning darajalariga qarab tafovut qiladi. Ammo modomiki xalqning ko‘zi uchun amal qilmas ekan barchasi najotga eltadi. “Ruhiy tarbiya” kitobida bu masala quyidagicha sharhlangan:Ixlosning haqiqati Alloh taolodan boshqa barcha narsadan xalos bo‘lmoq – qutulmoqdir.
Ixlos – amalni, gap-so‘zni va ibodatni ularga xiralik etkazadigan riyo, aldamchilik, yolg‘on kabi narsalardan tozalashdir. Amaldagi ixlos unga haq so‘rash u yoqda tursin, uni birov bilmaydigan tarzda qilishdir. Qo‘lidan kelganicha amalni ado qilib, ortidan xijolat bo‘lishdir.
Ulamolar toatdagi ixlos riyoni tark qilishdan iborat ekanini bir ovozdan ta’kidlaganlar.
Fuzayl ibn Iyoz rahmatullohi alayhi:
«Odamlar uchun amalni tark qilish riyodir. Ular uchun amal qilish shirkdir. Ixlos ushbu ikki narsani tark qilishdir», degan.
Qilinadigan amallar niyatga qarab bo‘ladi. Riyo uchun qilingan amalning egasi muxlis bo‘la olmaydi. Alloh taologa qurbat hosil qilish niyatida qilingan amalning egasi muxlis bo‘ladi.
Bandadan sodir bo‘ladigan ixlos to‘rt qismga taqsimlanadi:
1. Gap – so‘zdagi ixlos.
2. Ish – amaldagi ixlos.
3. Toat – ibodatdagi ixlos.
4. Hol – qalbdagi ixlos.
Ixlos tasavvur yoki xayol emas, balki amaldir. Shuning uchun u davomli, to‘liq, ilm asosida va darajama-daraja bo‘lishi kerak.
Ixlos bilan sodiqlik orasida farq bor. Sodiqlik asldir. Ixlos far’dir. Ixlos amalni boshlagandan keyin bo‘ladi. Sodiqlik niyatda, ish boshlanishidan oldin bo‘ladi.
Ixlosning ko‘rinishlaridan:
1. Tavhidda ixlos qilish.
2. Niyatda va qasdda ixlos qilish.
3. Namoz, sajda, ro‘za, Ramazon bedorligi, Laylatul qadr bedorligi, masjidlarga muhabbat, zakot, sadaqa, haj, umra, tavba, zikr, istig‘for, duo, Qur’oni Karim qiroati va boshqa qurbatlarda ixlos qilish.
4. Barcha gap-so‘zlarda ixlos qilish.
5. Sodiqlik, sabr, zuhd, tavoze kabi karamli axloqlarda ixlos qilish.
6. Alloh taologa tavakkul qilishda ixlos qilish.
7. Barcha ishlarda ixlos qilish.
Ixlosning darajalari:
Ruhiy tarbiya mashoyixlarining ta’kidlashlaricha, ixlosning darajalari uchtadir: avomlarning darajasi, xoslarning darajasi va xoslarning xoslarining darajasi.
1. Avomning ixlosi Haqning muomalasidan xalqni chiqarish bo‘lib, unda tan sog‘ligi, molu dunyo, rizq kengligi, jannat qasrlari va hurlar kabi dunyoviy va uxroviy nasibalarni talab qilish ham bo‘ladi.
2. Xoslarning ixlosi Haqning muomalasidan xalqni chiqarish bilan birga, dunyoviy nasibalarni qo‘yib, uxroviy nasibalarni so‘rashdir.
3. Xoslarning xoslarining ixlosi Haqning muomalasidan xalqni va barcha dunyoviy va uxroviy nasibalarni biryo‘la chiqarishdir. Ularning ibodati bandalikni yuzaga chiqarish va Robbning jamoliga musharraf bo‘lish uchun U Zotning vazifalarini muhabbat va shavq ila ado etishdan iboratdir. Boshqacha qilib ayt-ganda, ularning Allohga ibodati faqat Alloh uchun bo‘ladi.
Ixlosning yo‘lini to‘suvchi omillar:
Birinchi to‘siq.
Bandaning amalining ko‘zga ko‘rinishi. Uning o‘z amalidan g‘ururlanishi. Amali tufayli Uning uchun amal qilingan Zotdan to‘silishi.
Bu holatdan qutulish uchun o‘z nafsini tanish va uning xohishlarini jilovlash lozim.
Ikkinchi to‘siq.
Amali uchun evaz talab qilish. Mazkur evaz bu dunyoning yoki u dunyoning narsasi bo‘lishi mumkin.
Bu dunyoning narsalariga turli shahvatli narsalar, shuhrat, ko‘zga ko‘rinishga o‘xshashlar kiradi. Shuningdek, maqomot, karomat, mukoshafat kabilar ham bo‘lishi mumkin.
Oxiratning, ya’ni u dunyoning narsalariga undagi turli maqomlar va nozu ne’matlar kirishi mumkin.
Amali uchun evaz talab qilishdan qutulish o‘zining ojiz banda ekanini va faqatgina Allohning fazli ila oxirat yaxshiliklariga erishish mumkinligini anglab etish bilan bo‘ladi. Uning ibodati bandalik burchidir. Ajr, savob va martabalar Allohning fazlidandir.
Uchinchi to‘siq.
Bandaning o‘z amallaridan rozi bo‘lishi va ular ila g‘ururga ketishi.
Bu holatdan qutulish uchun banda o‘z amallaridagi nuqsonlari ila tanishmog‘i lozim.
Shuningdek, banda Alloh taoloning O‘z maxluqotlarining ichki va tashqi bandalik vazifalariga qanchalar haqli ekanini anglab etgandagina bu to‘siqni engib o‘ta oladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ixlos amalni turli illat va nuqsonlardan poklashdir. Mazkur illat va nuqsonlar ikki narsaga bog‘liq bo‘ladi.
Birinchisi – odamlarning maqtovi va ulug‘lashini istash yoki ularning yomonlashidan qochish kabi xalqqa bog‘liq narsalar.
Ikkinchisi – qilgani ila g‘ururga ketish yoki unga evaz talab qilish kabi amalga bog‘liq narsalar.
Ushbu to‘siqlarni engib o‘tib, Alloh taologa xolis ibodat qilganlar haqiqiy muxlislar bo‘ladilar. Vallohu a’lam!«Ruhiy tarbiya» kitobidan
11 Sentabr 2023, 15:06 | Savol-javoblar | 0 | Aqiyda