Qimordan topilgan pulga ehson qilish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, turmush o‘rtog‘im qimor o‘ynaydilar. Ularni bu yo‘ldan qaytarishga 5 yildan bo‘yin harakat qilaman, ota onalari qancha dakki berishmasin, kechaman deb qo‘rqitishsa ham foydasi yo‘q. Qimordan topgan pullarini qarzi bor insonlarni qarzini uzishi uchun yordam qilib beradilar va u puldan kechadilar. Eri yo‘q ayollarga bolalarini kiyintirishi uchun yordam beradila. U pulga kiyinmaydilar. Meni qiynayotgan savol; masjidga o‘sha puldan joynamoz Qur’on olib sovg‘a qilsam bo‘ladimi? Yoki bu savob qilishga kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qimor o‘ynash harom, undan topilgan pul ham harom. Pularni o‘z egalariga qaytarib berishi shart. Fiqhiy kitoblarda “Haromdan topilgan molni savob umidida sadaqa qilish kufr” deyilgan. Chunki bunda Alloh taologa Alloh najosatga hukm qilgan narsani taqdim qilish bor. Bu go‘yoki inson o‘zining eng aziz deb bilgan masalan ota-onasiga o‘limtik kabi narsani taqdim qilishga o‘xshaydi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَيُّهَا النَّاسُ، إِنَّ اللهَ طَيِّبٌ لَا يَقْبَلُ إِلَّا طَيِّبًا، وَإِنَّ اللهَ أَمَرَ الْمُؤْمِنِينَ بِمَا أَمَرَ بِهِ الْمُرْسَلِينَ، فَقَالَ: {يَا أَيُّهَا الرُّسُلُ كُلُوا مِنَ الطَّيِّبَاتِ وَاعْمَلُوا صَالِحًا، إِنِّي بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ} [المؤمنون: 51] وَقَالَ: {يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُلُوا مِنْ طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ} [البقرة: 172] ثُمَّ ذَكَرَ الرَّجُلَ يُطِيلُ السَّفَرَ أَشْعَثَ أَغْبَرَ، يَمُدُّ يَدَيْهِ إِلَى السَّمَاءِ، يَا رَبِّ، يَا رَبِّ، وَمَطْعَمُهُ حَرَامٌ، وَمَشْرَبُهُ حَرَامٌ، وَمَلْبَسُهُ حَرَامٌ، وَغُذِيَ بِالْحَرَامِ، فَأَنَّى يُسْتَجَابُ لِذَلِكَ؟ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Hoy odamlar! Albatta, Alloh pokdir va faqat pok narsani qabul qiladi. Alloh payg‘ambarlarga nimani buyurgan bo‘lsa, mo‘minlarga ham o‘shani buyurgan. U Zot: «Ey rasullar! Halol-pok narsalardan englar va solih amal qilinglar! Albatta, Men qilayotgan amallaringizni bilib tururman» degan. U Zot yana: «Ey iymon keltirganlar! Men sizlarga rizq qilib bergan pok narsalardan englar» degan». So‘ngra uzoq safar qilib, sochlari to‘zib, changto‘zonga belanib ketgan kishini zikr qilib, shunday dedilar: «U: «Ey Robbim! Ey Robbim!» deb qo‘llarini osmonga cho‘zadi, holbuki uning egani harom, ichgani harom, kiygani harom va harom bilan oziqlangan. Endi unga qayoqdan ijobat bo‘lsin?!». Vallohu a’lam!
1 May 2022, 09:58 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom