Futboldagi bir holat qimor emasmi
Assalomu alaykum! Futboldagi bir holat haqida so‘ramoqchi edim. Futbol o‘ynayotganda yutqazgan jamoa futbol maydonining pulini to‘lab ketishga kelishib o‘ynasa bo‘ladimi, qimor bo‘lib qolmaydimi. Agar qimor bo‘lsa va shunaqa kelishib futbol o‘ynagan bo‘lsa nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Shu qoidaga tushgani uchun joiz emas. Sizni savolingizda kelganidek turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Qimor ikki ishdan iboratdir. Bir tarafdan pul to‘lanishi aniq, nariga tarafdan to‘lanishi aniq emas. Ikkinchisi pul tikkan kishining holati ikki qismga bo‘linadi. Tikkan puli to‘laligicha botib yo‘q bo‘ladi yoki narigi tarafning molini to‘laligicha tortib keladi. Agar shunday qilib qo‘ygan bo‘lsa tavba qilish va o‘sha yutqazganlarga haqlarini qaytarib berish kerak. Vallohu a’lam!
8 Oktabr 2023, 17:17 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar