Eski kiyim

Assalomu alaykum! Mening savolim shuki bolalalarimning kiyimlari kichkina bo‘lib yaroqsiz bo‘lib qoldi ularni to‘plab yoqmoqchi bo‘lgandim oyim unamadilar yomon bo‘ladi deb. Men ularni nima qilishim kerak yoqish xatomi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolaga otasidan boshqa qarindoshlaridan meros sifatida tekkan mol-mulk, shaxsiy mulk qilib olib berilgan kiyim-kechaklar bo‘lsa ularni yoqib yuborishingiz yoki kimgadir hadya qilib yuborishingiz joiz emas. Chunki mulk egasining bunga roziligi kerak. Bolaning roziligi esa o‘tmaydi. Agar bolaga kiyib foydalanishi uchun berilgan bo‘lsa u beruvchining mulki bo‘lib, bolaga kichik kelib qolsa undan isrof bo‘lmaydigan shaklda boshqa yo‘llar bilan foydalanishi, masalan muhtoj bolalarga hadya qilib yuborishi kerak. Vallohu a’lam!

9 Oktabr 2023, 21:31 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar