Variant savdoda oluvchi tovarni qaytarib bersa
Assalomu alaykum! Tijorat maqsadida ishlatiladigan mulklarni variantga sotilgan. Muddat va miqdorlar kelishilgan. Bir oydan so‘ng birinchi to‘lov olingan. Ikkinchi oy to‘lov muddatiga yaqin kelganda olgan kishi mulklarni sotuvchiga qaytarib bermoqchi, amalga oshirgan birinchi to‘loviga roziman deyapti, bundan tashqari mulklar biroz eskirganligi sababli o‘zini yonidan biroz xarajat xam qilgan u bu joyini to‘g‘rilashga (remont xarajati borligi sotilayotganda aytilgan). O‘tgan ikki oy davomida foyda qilganmi zarar qilganmi sotuvchiga qorong‘u. Dinimizda mulklarni remontiga qilingan xarajat va birinchi oy uchun to‘lov pulini xukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday vaziyatda variantga, ya’ni taqsitga sotgan taraf, sotilgan molni qaytarib olishga majbur emas. U molni olishni rad etib, pulni o‘z vaqtida to‘lab borishni talab qilishi mumkin. Agar ularni qaytarib olishga rozi bo‘lsa bu yangi savdo bo‘ladi, ya’ni molga ikki tomon rozi bo‘ladigan yangi narx belgilanadi. Ushbu narx avvalgi hali to‘lanmagan savdo narxidan oz bo‘lishi ham joiz. Bu ’iyna savdosi hisoblanmaydi, chunki avvalda sotilgan mol edirilish va ziyodalik kiritish tufayli hukmda boshqa molga aylangan. Vallohu a’lam!
9 Oktabr 2023, 22:31 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat