Qurbon xayit kuni ishlash xarommi

Assalomu alaykum! Qurbon xayit kuni ishlasa xarom bo‘ladimi? Quruvchi ustamiz, birovni uyini qurayapmiz. Uy tugashi cho‘zilib ketdi shuning uchun sheriklarimga ertaga hayit bo‘lsayam ishlaylik dedim. Shunda bir sherigim ertaga ishlangan ish xarom bo‘ladi dedi shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda “Qurbon xayit kuni ishlasa xarom bo‘ladi” degan gap yo‘q. Ishlash muboh. Vallohu a’lam!

9 Oktabr 2023, 22:21 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar