Propaganda

Assalomu alaykum! Bir noxush xolat bilan to‘qnashib qoldim. Oldimdan ikki ayol chiqib savol berishni boshladi "Xudo bizni kechiradimi"deya savolini berdi, unga javoban "Tavba eshiklari ochiq va u albatta gunox qilib so‘ng tavba qilganlarni kechiradi" deya javob berdim. Sung "Tavrot" "Injil" va "Zabur" kitoblarini propaganda qilishni boshladi. O‘sha payt gapini oxerigacha eshitdim va yo‘limni davom ettirdim. Boshqa kitobni propaganda qilib, o‘sha kitoblar6i o‘qishni tavsiya qilib turgan insonlarga nima desam bo‘ladi? Ularga mani kitobim "Qur’on" demaganim uchun Allox oldida vijdonim qiynalyapti. Man dindan chiqib qolmadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dindan chiqmagansiz. Yana shunday insonlarga duch kelsangiz Islom dini haq din ekanini va bu yo‘ldan hargiz qaytmasligingizni aytib qo‘ying. Islomga ta’na etkazadigan biror gap aytishsa aldanib qolmang, ularning barcha da’volariga ulamolarimiz tomonidan javob berib qo‘yilgan. Ular faqat ilmsiz insonlarnigina shunday birma-bir ushlab, ilmsizliklaridan foydalanib o‘z diniga o‘tkazib olishni istashadi. Biror ilmli insonga duch kelib qolishsa lom-lim demay juftakni rostlashadi. Ularga aldanib qolmang. Vallohu a’lam!

16 Oktabr 2023, 08:48 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar