Maziy
Assalomu alaykum!Men maziy haqida fiqh.uzdan va izlash hizmatidan o‘qib shunay xulosaga keldim va shu xulosam to‘g‘imi yoki noto‘g‘ri so‘ramoqchf edim.Chunki bu narsa haqida aniq bilmasak ko‘p vaqt junub holda ham namoz o‘qib yuraveramiz yoki bo‘lmasam g‘usl vojib bo‘lmagan o‘rinda g‘o‘sl qilib qiyinchiligga uchrab yuraveramiz.Xulosa:1 Agarda tunda uyg‘onib olatimizga ikki uch bor qarasak ham unda maziy bo‘lmasa hali tong otishiga bir ikki soat qolgan,shu vaqt mobaynida uyqu kelmay hato qilib jinsiy aloqa esiga tushib olati qo‘zg‘alsa va uxlamay tong ottirib qarasa maziy bo‘lsa.Bazida xohlamasangiz ham jinsiy aloqa hayolga kelib qolarkan odamda.Mana shunday holatda g‘usl vojib bo‘lmayda degan xulosaga keldim o‘qib.2.O‘sha nars haqida o‘ylab keyin uxlab qolib uyg‘onib namlik ko‘rsa mana shu narsada bir xulosaga kelolmadim.Uzr maziy haqida ko‘p savollar berilgan ekan lekin bu narsa bo‘yicha holatlar ham ko‘p ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Siz aytgan holatda g‘usl vojib bo‘ladi. Uyg‘oq holatida biror ayolni eslasa yoki o‘z ayolini erkalatgani uchun maziy chiqsa g‘usl vojib bo‘lmaydi. Ba’zi bir insonlar qattiq shamollab ketganlaridan oq yopishqoq suyuqlik kelidagan bo‘lib qoladi. Bu odatda hech qanday shahvatsiz ham kelaveradi, siz o‘qigan javobda shu narsa iroda qilingan. 2). G‘usl vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar