Salondan mashina
Assalomu alaykum! Men misol un salondagi 100 mln.lik moshinaga 50 mln. (50%) to‘lab ochradga qo‘ysam taxminan 5 oyda chiqsa shu chiqishi yaqin qolganda yoki chiqqanda men bir mashinani oluvchi topib (bozor narxida) taxminan 120 mln og‘zaki kelishuv qilsam keyn salonga borib moshani ko‘rib va oluvchi shaxsga ham ko‘rsatib keyn undan qarz olib 50 mln qolgan 50% foizni to‘lab uz nomimga o‘tkazib usha erda usha kelishuv bo‘yicha moshinani oluvchi shaxsga berib yuborsam va bu hojat tushgani uchun 1 yoki 2 marta emas shu orqali biznez qilsa bo‘ladimi? Hozirgi kunda shunaqa salondan chiqarish bilanoq sotish ko‘paygan, orada 5-6 oyga 20-25-30 mln gacha pul qoladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mashinani hali qo‘lingizga olmay turib sotib yuborishingiz mumkin emas. Shariatimiz o‘zida yo‘q narsani hamda hali qabz qilmagan (qo‘liga olmagan) narsasini sotishdan qaytargan. Shunchaki mijoz topib, u bilan savdo emas va’dalashuv qilsangiz va mashina to‘lovining qolgan qismini qarz orqali yopsangiz bunga fiqhiy jihatdan monelik yo‘q. Vallohu a’lam!
18 Noyabr 2023, 18:16 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat