Qarz o‘rniga mahsulot
Assalomu alaykum! Bir do‘stimning menda ozgina qarzi bor edi. U xususiy firmada oziq ovqat bo‘yicha ta’minotchi bo‘lib ishlaydi. Shu qarzni o‘rniga ro‘zg‘or uchun kerakli mahsulotlar bersam bo‘ladimi deb so‘rayapti. Shu mahsulotlarni (mahsulotlar uni emas, firma hisobidan olingan) olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Firmaning molini o‘g‘irlab yoki tortib olib sizga beradigan bo‘lsa qanday qilib joiz bo‘lsin? O‘g‘irlangan yoki tortib olingan mol sizga ham unga ham halol emas. Agar firmaning roziligi bilan bo‘layotgan bo‘lsa unda mahsulotlarga qiymat belgilab, ularni qarzingiz hisobidan sotib olsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
18 Noyabr 2023, 19:56 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat