O‘quv kursi

Assalomu alaykum! Meni savolim shundan iboratki, men 3 oylik online teryding o‘quv kursini sotib olgan edim. Mana 3 oy bo‘ldiki o‘quv kursining saytidan 15% ini ko‘rib boldim. Bunga sabab ishlarim Juda kopayib ketdi, va bu Soha men un emasligini tushundim. Kurs egalaridan sharoitimni aytib pulni bir qismini chegirib qolib qolganini qaytarishni suradim. Sababi qarzlarim kopayib ketganligi. Ular Esa qaytarmasligini aytdi. Ular meni saytdan blok qilib quyishsa qolgan darsliklarni o‘rganolmaymanku axir. Savol: meni shu ishim sharan joizmi? Kim haq bu maslada?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kurs kelishilgan va va’da qilingandek sifat va shaklga ega bo‘lsa siz ularni garchi oxirigacha ko‘ra olmagan bo‘lsangiz ham to‘liq pulini berishingiz lozim. Vallohu a’lam!

14 Dekabr 2023, 13:46 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar