Javobingni berdim, taloq qildim, taloq qildim, taloq qildim desa

Assalomu alaykum! Erim ko‘pchilikning guvoxligida “seni javobingni berdim, taloq qildim, taloq qildim, taloq qildim” deb baqirdi. Bu 3 taloq to‘g‘rimi? Xayz ko‘radigan ayolman, qancha vaqt iddada o‘tiraman? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu uch taloq. Uch marta hayz ko‘rib uch marta poklansangiz iddangiz tugaydi. Uchinchi hayzdan keyin poklikni hisoblamaysiz. Uchinchi hayz tugashi bilan iddangiz ham tugaydi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 11:30 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar