Nima uchun aynan Juma kuni muborak hisoblanadi

Assalomu alaykum! Oldin hech kimdan so‘ramagan ekanman nima uchun aynan kunlar ichida Juma kuni aziz nima uchun Juma muborak deyishadi nima uchun aynan o‘sha kun payg‘ambarga ko‘pdan ko‘p salovat aytishadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadislarda quyidagicha keladi: أَنَّهُ سَمِعَ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: خَيْرُ يَوْمٍ طَلَعَتْ عَلَيْهِ الشَّمْسُ يَوْمُ الْجُمُعَةِ، فِيهِ خُلِقَ آدَمُ، وَفِيهِ أُدْخِلَ الْجَنَّةَ، وَفِيهِ أُخْرِجَ مِنْهَا  Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Quyosh chiqqan eng yaxshi kun juma kunidir. Odam shu kuni yaratilgan, shu kuni jannatga kiritilgan va shu kuni o‘sha erdan chiqarilgan», dedilar».  عَنْ أَوْسِ بْنِ أَوْسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ مِنْ أَفْضَلِ أَيَّامِكُمْ يَوْمَ الْجُمُعَةِ: فِيهِ خُلِقَ آدَمُ، وَفِيهِ قُبِضَ، وَفِيهِ النَّفْخَةُ، وَفِيهِ الصَّعْقَةُ، فَأَكْثِرُوا عَلَيَّ مِنَ الصَّلَاةِ فِيهِ، فَإِنَّ صَلَاتَكُمْ مَعْرُوضَةٌ عَلَيَّ». قَالَ: قَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ، وَكَيْفَ تُعْرَضُ صَلَاتُنَا عَلَيْكَ وَقَدْ أَرَمْتَ؟ - قَالَ: يَقُولُونَ: بَلِيتَ، فَقَالَ: إِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ حَرَّمَ عَلَى الْأَرْضِ أَجْسَادَ الْأَنْبِيَاءِ  Avs ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Eng afzal kunlaringizdan biri juma kunidir. Odam shu kuni yaratildi, shu kuni qabz qilindi. (Surga) puflash shu kunidir. Qattiq qichqiriq shu kunidir. Bu kunda menga salavotni ko‘p aytinglar, chunki salavotlaringiz menga namoyon qilinadi», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, siz chirib, yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lsangiz, qanday qilib bizning salavotimiz sizga namoyon qilinadi?» deyishdi. U zot: «Alloh azza va jalla erga anbiyolarning jasadini harom qilgan», dedilar». Abu Dovud rivoyati.  Vallohu a’lam!

7 May 2022, 02:37 | Savol-javoblar | 221 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar