Islom banklari
Assalomu alaykum! Hozirda butun dunyoda islom moliyaviy tizimi shakllanib tez suratlarda rivojlanib borayapti! Lekin, islomiy banklar tomonidan taklif qilinayotgan moliyalashtrish usullarining shariatga to‘g‘ri kelmaydigan jihatlari bor deydiganlar ham talaygina! Masalan, islomiy banklarning markaziy bank mablag‘lari uchun qayta moliyalash stavkasi asosida foiz to‘lashi, har qanday berilgan kreditlar hayotiy sug‘urta(life insurance) bilan qoplanishi shartligi……. Shu masalar bo‘yicha qanday aniq fatvolar berilgan va hozirda islom banklarida faoliyat yuritish shar’iy jihatdan noto‘g‘ri emasmi? O‘zim shu sohada faoliyat yuritayotganim uchun ushbu savollar bilan murojaat etayapman! Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ta’bir joiz bo‘lsa, o‘zlarini dunyoviy bank deb yurituvchilarning banklari bir necha yuz yilda shakllandi. Bu holatga kelgunicha qaroqchilarni, firibgarlarni va qalloblarni hujumlariga duchor bo‘lishdi va nihoyat o‘zlari o‘ylagan foyda ko‘rish darajasiga etishishdi. Islomiy banklar esa yuqoridagi banklarga raqobat tarzda endi faoliyat yuritishni boshladi. Ish boshlanishida tabiiyki kamchiliklar va tatbiq qilishda xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Bu ishda ham zamonamiz ulamolari shariat asoslariga suyangan holda ijtihod qilishgan. To‘g‘ri topgan ikkita, xato topgan bitta savobga ega bo‘ladi. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislariga binoan – bu ummat zalolatga jamlanmaydi va xatoda qolib ketmaydi. Bu soxada shariatning to‘g‘ri echimi yo‘q degan narsa ham noto‘g‘ridir. Butun dunyo iqtisod ulamolari tashkiloti tuzilgan va ular bu borada tinimsiz izlanishlar olib borishmoqda. Harakatlarining samarasi ham ko‘rinib, dunyo tan olishni boshladi. O‘sha banklarning tepasida u ishlarni joizligiga fatvo bergan ulamolar turishadi. Ba’zi kamchiliklar tufayli uni butunlay tark qilish tanazzul tomon etkalaydi. Aksincha izlanish va tatbiq qilishni davom ettirish kerak. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 08:41 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat