O‘lim mo‘min uchun rahmat degan hadis

Assalomu alaykum! O‘lim mo‘min uchun rahmatdir degan hadis bormi?

2). Sakarot deb o‘lim paytini aytadimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!
1). Aynan shu so‘zlar bilan hadis yo‘q. Lekin shu ma’noda bor.عَنْ أَبِي قَتَادَةَ بْنِ رِبْعِيٍّ الْأَنْصَارِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ كَانَ يُحَدِّثُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مُرَّ عَلَيْهِ بِجِنَازَةٍ فَقَالَ: «مُسْتَرِيحٌ وَمُسْتَرَاحٌ مِنْهُ». قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، مَا الْمُسْتَرِيحُ وَالْمُسْتَرَاحُ مِنْهُ؟ قَالَ: الْعَبْدُ الْمُؤْمِنُ يَسْتَرِيحُ مِنْ نَصَبِ الدُّنْيَا وَأَذَاهَا إِلَى رَحْمَةِ اللهِ، وَالْعَبْدُ الْفَاجِرُ يَسْتَرِيحُ مِنْهُ الْعِبَادُ وَالْبِلَادُ وَالشَّجَرُ وَالدَّوَابُّ 
Abu Qatoda ibn Rib’iy Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan bir janozani olib o‘tib qolishdi. Shunda u zot: «O‘zi qutulgan yoki boshqalar qutulgan», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, «O‘zi qutulgan yoki boshqalar qutulgan» nima degani?» deyishdi. U zot: «Mo‘min banda dunyoning mashaqqat va ozorlaridan Allohning rahmatiga (etishib) qutuladi. Fojir bandadan esa bandalar, shaharlar, dov daraxtu jonzotlar qutuladi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).2). Jon chiqish payti. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 172 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar