Sahih hadislarni bilish
Assalomu alaykum! 1-Muxaddin Arabiyning sajarat ul kavm nomli asarida shaytonning xiylalari nomli rivoyat bor ekan. Men audio tarzda eshitganman. Uni Ibn Abbos r.a dan Muoz ibn Jabal rivoyat qilgan ekan. Shu rivoyat sahihmi?
2). Biz turli joylarda turli ma’ruzalarda turli hadislarni eshitamiz. Bularning ba’zilari go‘yo boshqa bir eshitgan hadisga zid kelib qolganday bo‘ladi. Shunda men “bu erda mening ilmim etmagan bir hikmat bo‘lsa kerak” deb o‘ylayman. Bir oz vaqtdan so‘ng boshqa bir ma’ruzada u hadisning zaif yoki to‘qima ekanligini eshitib qolaman. Savolim, eshitganlarimizni sahih yoki zaif ekanligini ajratishning yo‘li bormi? Masalan roviylariga qarabmi yoki boshqa bir shaklda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Biz “sajarat ul kavm” degan kitobni bilmaymiz. 2). Avvalo u hadisni kim rivoyat qilgan va qaysi hadis kitobida kelganligini maruza qilgan domladan so‘rash kerak. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 15:04 | Savol-javoblar | 147 | Hadislar