dorilar xakida savolim bor

Barcha olamlar robbisi Alloxu Taolloga xamdu sanolar bulsin, maxbub paygambari Muxammad salloloxu alayxi va sallamga salovotu salomlar bulsin.Xurmatli Shayx Xazratlari!Ilmingizni Alloxu Taollo bundanda ziyoda kilsin.Sizga bir nechta savolim bor edi, agar malol kelmasa shu savollarimga javob bering, iltimos.savollarim asosan dorilar xakida. 1. Men asosan kompyuterda kup ishlayman.Shuning uchun xozir uzimda umumiy xolsizlik, charchokni sezaman. Bu mening erkaklik kuvvatimga xam ta’sir kursatib turadi. Shuning uchun menga bir doktor akam Xitoyda ishlab chikarilgan dorini tavsiya kildi. Dori erkak insonning kuvaatini oshirib, charchogini kamaytirar ekan, xamda tez ta’sir kilish kuchiga ega ekan. Ushbu dorining tarkibini ukib chiksam, u dori asosan shifobaxsh usimliklardan(masalan jenshen va shunga uxshagan usimliklar) tayyorlangan bulib, yana uning tarkibiga oz mikdorda Amerika yovvoyi otining olatidan olingan zardob (menga doktor akam shunday tushuntirdi) xam kushilgan ekan. Shu dorini ichishda ikkilanib koldim va sizga murojat kildim. bu dori xarom xisoblanadimi.2. Xozirda dorixonalarda sotiladigan ba’zi suyuk dorilar, siroplar, tomchilatib ichiladigan dorilar tarkibida ma’lum mikdorda etil spirti borligi ma’lum. Bu dorilardan foydalanish mumkinmi? Dukonlarda sotiladigan olma sirkasi tarkibida xam spirt bor ekan. Ushbu sirkani dori sifatida xam ishlatish mumkinmi?3. Etil spirtini tananing tashkarisiga surtish, ya’ni tanada jaroxatlar ustiga, tananing lat egan joylariga surtish (kompress kilish) mumkinmi?Javoblaringiz uchun oldindan katta raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Ha.2. Mazkur dorilardan foydalanish mumkin. Sirkani dori sifatida ishlatishni tabiblardan so‘rang.3. Mumkin.

29 Aprel 2022, 15:48 | Savol-javoblar | 186 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar