KABA I’HIDA NIMA BOR????
AZIZ SHAYX JANOBLARI VA MUMIN BIRODARLAR MANI BITTA SAVOLGA ANIQ JAVOB TOPISHIMGA YORDAM BERELAR , "ALLOH" UYI BULGAN QIBLAMIZ ASOSI KABAIY MUAZZAMANI I’HIDA NIMA JOYLASHGAN?BAZILAR JANNATDAN KELGAN TOSH VA PAYG‘AMBARIMIZ (S.A.V) NI QIYOMATDA KIYADIGAN KIYIMLARI DIYDI YANA BIROVLAR YANA BOSHQA ILTIMOS AGAR MALOL KEMASA SHU SAVOLNI JAVOBINI MANI ELEKTRON PO’HTAMGA YOZIB JUNATILAR abduhakim_o@yahoo.’om yoki [email protected] ..."ALLOH" SIZLARDAN ROZI BULSIN...IYMONLARIMIZ SALOMAT , IBODATLARIMIZ DAVOMIY BULSIN......
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kamina xodimingizga ham Alloh taolo ka’bai muazzamaning ichiga ko‘p martalab kirish baxtini ato qilib kelmoqda. Ba’zi yillari uch martalab ham kirishni va u erda ko‘plab nafl namoz o‘qib duolar qilishni nasib etdi.Avvallari kirganimda ko‘rilgan holat va narsalarni qog‘ozga tushirib qo‘ygan edim. Endi uch yuz sakson yil o‘tgandan keyin qilingan ta’mir ishlaridan keyin ka’baning ichki ko‘rinishi haqida ikki og‘iz ma’lumot berib o‘tishga ijozat bergaysiz.Ka’bai muazzamaga uning eshigiga qo‘yilgan ko‘chma zina orqali kiriladi. Ka’baga kirish uchun, albatta, podishohning maxsus amri bo‘lishi kerak. O‘sha amrga binoan sodin - maxsus xodim kalit bilan eshikni ochadi. Hozirgacha Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bergan imtiyozga binoan Usmon ibn Tolhaning avlodlari sodinlik qilib kelmoqdalar. Eshik ochilganidan keyin maxsus qo‘yilgan askarlar qurshovidan o‘tib, berilgan maxsus hujjatni ko‘rsatib zinaga chiqiladi va tillo eshikdan ka’baga kiriladi. Ka’baning ichiga eshikdan boshqa yoqdan yorug‘lik tushmaydi. Ka’baning eri marmar bilan qoplangan. Shuningdek, devorlari ham odam bo‘yidan baland joyigacha marmar bilan qoplangan. Hammayoqqa o‘ta xushbo‘y misku anbarlar surtib tashlangan.Ka’baning eshigidan tavof qilib yurib kelgandagi birinchi burchagi bir metrdan ortiqroq ichkariga chiqib turadi. Oldinlari avvalgi kichik eshik o‘sha chiqib turgan joyga suyalgan bo‘lar edi. Ammo oxirgi ta’mirdan keyin o‘sha eshik ko‘rinmay qoldi.Ka’baning eshigiga ko‘ndalang ravishda bir to‘sini bo‘lib uni uchta ustun ko‘tarib turadi. Ustunlar narshinkor qilib ishlangan. To‘singa ba’zi eski qandillar osib qo‘yilgan. Ikki ustunning orasida bir sandiq ham bo‘lib unga ka’bani tozalashda ishlatiladigan anjomlar joylangan.Ka’baning shifti va yon devorlarining odam bo‘yidan baland joyi «Laa ilaha illallohu» yozilgan yashil rangdagi ipak matoh ila qoplangan.Ka’baning ichiga kirish baxtiga muyassar bo‘lganlar xoxlagan tarafga qarab ikki rak’at namoz o‘qib duo qilishag shoshiladilar. Askarlar va mas’ullar chiqishni talab qilishlariga qaramay hamma ko‘proq namoz o‘qishga harakat qiladi.
29 Aprel 2022, 17:16 | Savol-javoblar | 199 | Siyrat va tarix