Vafot qilgan farzandga ism

Assalomu alaykum! Bu savolni onam uchun so‘rayapman, men 4 farzandman ikki akam bir opam bor bizlar tug‘ulmasdan oldin onam uchta farzandi yani akalarim tug‘ulishgan. Ular ko‘p yashashmagan to‘qqiz oy ko‘tarar ekanu uch kun, biri bir xafta, yana biri esa besh kun yashab vafot etar ekan. Ularga ism xam qo‘yishga ulgurmas ekan. Onam kimdandur eshitgan ekan u dunyoda o‘lgan farzandlarini ismi so‘ralar ekan, agar ismi bo‘lmasa u farzandi yo‘q xisoblanar ekan. Onam sizlardan so‘rab berishimni iltimos qildi, qanday yo‘l tutaylik? Hozir bo‘lsa xam ism qo‘ysa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozir qo‘ysa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 08:39 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar