Mudarrisalik kasbi

Assalomu alaykum! Inshaalloh yaqinda til va adabiyot darsidan o‘qituvchilik kasbi bo‘yicha qishloq maktabida ish boshlayman. Aynan o‘sha maktabda meni mutaxassisligim bo‘yicha o‘qituvchi deyarli yo‘q. Oldindan ishlaydigan yoshi katta o‘qituvchilar esa mutaxassisligi boshqa bo‘lsada dars berib kelishyabdi. Natijada o‘quvchilarning bilim saviyasi ancha pasayib ketgan. Odatda yangi ishga kelganlarga yuqori sinflar, yoki tarbiyasi og‘irroq, o‘zlashtirishi orqada bo‘lgan o‘quvchilarni berishadi. Alxamdulillah bilimim yaxshi. Ammo o‘quvchilar borasida tajribam kam. Maqsadim sidqidildan xalol ishlap, bilim berish va shariatga muvofiq o‘qituvchi bo‘lish. Shu borasida qanday maslaxat berasiz, yoki aynan mudarrisalik xaqida qanday diniy manbalardan ma’lumot topsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh azza va jalla sizni tug‘ri yo‘lga muvaffaq qilsin, siz kabi diyonatli ustoz va o‘qituvchilarga jamiyatimiz naqadar muhtoj. Siz sohangiz bo‘yicha eng etuk mutaxassis bo‘lish uchun qattiq harakat qiling. Allohdan so‘rang, ko‘p duo qiling. Tajriba masalasida inshaa Alloh ish davomida oshirib boraverasiz. Eng muhimi siz jamiyatimizga haqiqiy foydali talabalar etishtirish bilan xizmat qiling, sizning jihodingiz shu bo‘ladi. Bir hadisni doimo yodda tuting, payg‘ambar alayhissalom aytdilar “Albatta men muallim qilib yuborildim”. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 166 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar