Xayitda jon bergan inson

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Ramazon oyida yoki Ramazon xayitida jon bergan kishilar uchun ko‘plab xushxabarlar berilganini eshitganman. Bir inson arafa kunida jon berdi va Qurbon xayitida dafn qilindi. Lekin u inson ichkilikka mukkasidan ketgan edi. Shuning bilan birgalikda odamlarga qo‘lidan kelganicha yordam berishga harakat qilardi. U inson ham xushxabari berilgan mukofotlardan manfaatdor bo‘lishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qaysidir kunda o‘lish najot topishga me’yor bo‘lolmaydi. Bu avvalo iymon, so‘ng amali solihlarga bog‘liq. Shuning uchun hayit kunida vafot topgan kofirni do‘zaxdan najot topgan deyilmaydi. Musulmon odamga ba’zi vaqtlarda vafot topsa yaxshiliklar bo‘lishi hadislarda kelgan. Bu fazilatdir. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 23:51 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar